O‘zbekiston | 08:41 / 31.08.2023
6541
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga dam olish uchun eng ko‘p Rossiya fuqarolari kelmoqda 

O‘zbekistonga 7 oyda dam olish maqsadida qancha turist kelgani ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz

2023 yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan 397,3 ming nafari dam olish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

O‘zbekistonga 7 oyda eng ko‘p dam olish maqsadida tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari orasida Rossiya birinchi o‘rinni egallab turibdi – 137,2 ming nafar.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qozog‘iston – 33,6 ming nafar;
  • Tojikiston – 21,5 ming nafar;
  • Qirg‘iziston – 20,3 ming nafar;
  • Turkiya – 19,3 ming nafar;
  • Hindiston – 14,3 ming nafar;
  • Xitoy – 14,1 ming nafar;
  • Turkmaniston — 13,5 ming nafar;
  • Janubiy Koreya – 12,1 ming nafar;
  • Germaniya — 10,6 ming nafar.

Mavzuga oid