Boku: New York Times muqobil fikrlarga to‘sqinlik qilmoqda
Ozarboyjon prezidentining yordamchisi Hikmat Hojiyev NYT’ga ochiq xat yo‘lladi.
Amerikaning New York Times nashri hamma uchun adolatli platforma bo‘lib xizmat qilish o‘rniga, muqobil fikrlarga byurokratik to‘siqlar o‘rnatyapti.
Bu haqda Ozarboyjon prezidenti yordamchisi Hikmat Hojiyevning NYT’ga yozgan ochiq xatida aytiladi, u X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi.
«X ijtimoiy tarmog‘i mamlakatimizga qarshi sovetcha targ‘ibot usulida ba’zi g‘arb ommaviy axborot vositalarining olib borayotgan axborot monopoliyasiga qarshi kurashish uchun yanada kuchli muqobil, erkin va ochiq platformadir», — deb yozadi Hojiyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, nufuzli nashrning bunday pozitsiyasi afsuslanarli holatdir.
«Ushbu maqolalarning barchasini, jumladan, NYT’dagi maqolalarni ko‘rib chiqqanimizda, ularning barchasi bitta davlat studiyasida yoki arman lobbisi va hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan PR-kompaniyada yozilganga o‘xshaydi», dedi Hojiyev.
Mavzuga oid
09:50 / 20.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Ozarboyjon maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
22:04 / 03.09.2024
Ozarboyjon va O‘zbekiston parom ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
07:42 / 02.09.2024
Ozarboyjondagi parlament saylovlarida Aliyevning partiyasi g‘alaba qozondi
18:55 / 30.08.2024