O‘zbekiston va AQSh yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
AQShdagi muzokaralar chog‘ida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
4-5 sentabr kunlari amaliy tashrif bilan AQShda bo‘lib turgan investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ushbu mamlakatning Air Producs, Exxon Mobil, Abbott, HP, Valmont Industries, General Electric, Caterpillar, US Inc, John Deere va boshqa yirik kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida O‘zbekistonda energetika, sog‘liqni saqlash, suv xo‘jaligi, elektronika, tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligi uchun yirik texnikalar ishlab chiqarish, geologik-qidiruv ishlarini olib borish va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
AQShga amaliy tashrif davom etmoqda.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024