Toshkent shahri va Toshkent viloyatida katta miqdorda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi uch nafar iste’molchi 1,67 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 7 sentabr kuni «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Xususan:
- Toshkent tumanidagi «Z.N.Sh.X.» fermer xo‘jaligi tomonidan o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanishi natijasida davlat manfaatlariga 1,5 milliard so‘m (3,36 million kW·h);
- Olmazor tumanida joylashgan «M.P.S.» MChJning elektr qurilmalari ulanish sxemalari amaldagi qoidalarga zid ravishda ulangani natijasida davlat manfaatlariga 104,17 million (231,5 ming kW·h) so‘m;
- Shayxontohur tumani Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan «G.S.R.» MChJning elektr qurilmalari ulanish sxemalari amaldagi qoidalarga zid ravishda ulangani natijasida davlat manfaatlariga 53,4 million so‘m (118,8 ming kW·h), jami 1 milliard 673 million so‘m zarar yetkazilgan.
Ushbu hajmdagi elektr energiyasi qariyb 18 ming 547 ta xonadonning bir oylik iste’moliga tengdir.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Mavzuga oid
21:29 / 29.10.2024
Jizzaxda 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “metan zapravka” aniqlandi
12:10 / 29.10.2024
Toshkent viloyatida fuqaro o‘zi tashlagan chiqindini o‘zi tozaladi
18:09 / 25.10.2024
Yangi Toshkent shahri uchun Toshkent viloyatidan qo‘shimcha yer ajratildi
14:14 / 24.10.2024