O‘zbekiston | 18:26 / 11.09.2023
17172
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda chang: havo ifloslanishi sog‘lik uchun zararli darajaga yetgani rasman ma’lum qilindi

Toshkent shahrida changli havo kuzatilmoqda. Soat 18:30 holatiga, O‘zbekiston poytaxti IQAir reytingida dunyo shaharlari orasida havoning iflosligi bo‘yicha 2-o‘rinni egallab turibdi.

Foto: Anvar Ilyosov

“O‘zgidromet” shahardagi changli havo PM 2,5 ko‘rsatkichi bo‘yicha “zararli” darajaga yetganini ma’lum qildi.

Meteomarkazning Toshkentdagi stansiyalari 11 sentabr soat 16:00–17:00 oralig‘ida havoning mayda chang zarralari (PM 2,5) bilan ifloslanishi darajasi quyidagicha bo‘lganini ko‘rsatgan:

  • Yunusobod tumani Bodomzor yo‘lida – 133 mkg/m3;
  • Chilonzor tumani Xalqlar do‘stligi maydonida – 171 mkg/33.

Taqqoslash uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, havodagi chang zarralarining kunlik me’yori 15 mkg/m3 ni tashkil etadi.

Mavzuga oid