Sport | 08:59 / 11.09.2023
20558
1 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2024 saralashi. Qozog‘iston Shimoliy Irlandiyani mag‘lub etib, guruhda 2-o‘ringa ko‘tarildi

Foto: Getty Images

Yevro-2024 saralashi H guruhi 6-turi doirasidagi birinchi o‘yin yakuniga yetdi.

Qozog‘iston milliy jamoasi Ostonada Shimoliy Irlandiyani qabul qilib, muhim g‘alabaga erishdi. Samorodovning 27-daqiqada kiritgan yagona goli qo‘shnilarimizga navbatdagi 3 ochkoni taqdim etdi – 1:0.

Shu tariqa, Qozog‘iston 6-turdan keyin 4 g‘alaba evaziga 12 ochko jamg‘arib, guruhda 2-o‘rinda bormoqda.  

Yevro-2024 saralashi. H guruhi. 6-tur
Qozog‘iston – Shimoliy Irlandiya 1:0

Gol: 1:0 – 27 Samorodov.
Qozog‘iston – Shatskiy, Bistrov, Marochkin, Alip, Vorogovskiy (Dosmagambetov, 46), Zaynutdinov (Aymbetov, 88), Beysebekov (Darabayev, 71), Orazov, Tagibergen, Tapalov (Maliy, 71), Samorodov (Kuat, 56).
Shimoliy Irlandiya – Pikok-Farrell, Makneyr, Evans, Bellard, Xyum, Makmenamin (Smit, 46), Sevill (Tompson, 46), Makkenn (Madjyennis, 70), Charlz, Uoshington (Charlz, 81), Kennedi (Jons, 63).

Mavzuga oid