Toshkent viloyatida uchta bog‘cha tarbiyalanuvchilari ich buzilishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi
Sanepidqo‘mita holat yuzasidan ekspertiza o‘tkazmoqda.
Toshkent viloyati, Angren shahridagi 1-son davlat maktabgacha ta’lim muassasasida 3 nafar, 10-son davlat maktabgacha ta’lim muassasasida 14 nafar hamda 37-son davlat maktabgacha ta’lim muassasasida 1 nafar tarbiyalanuvchi birlamchi ich buzilishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim agentligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, hodisa 13-14 sentabr kunlari sodir bo‘lgan. Hozir barcha tarbiyalanuvchilar shifokorlar nazoratida ekani aytilmoqda.
Hodisa sabablari haqida ma’lumot berilmadi. Holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olingan.
Shu bilan birga, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi hududiy bo‘limi tomonidan hodisa sabablarini aniqlash maqsadida ekspertiza o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:14 / 12.09.2024
Toshkent viloyatidan yana 14 ta mahalla qisman Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilmoqda
11:45 / 12.09.2024
Alimentda rekord: ayol 3 nafar farzandi ta’minoti uchun sobiq eriga 1,7 mlrd so‘m to‘ladi
15:48 / 10.09.2024
Toshkent viloyatidagi bo‘yoq zavodida yong‘in chiqdi
10:36 / 06.09.2024