Iqtisodiyot | 18:39 / 18.09.2023
72210
1 daqiqa o‘qiladi

Kontraktatsiya yana yopildi. 28 mingta shartnoma 2 soat ichida tugagani aytilmoqda

18 sentabr soat 15:54 da UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo modellari uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochilganini e’lon qilgan edi. Oradan 2 soat o‘tar-o‘tmay, jarayon to‘xtatilgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Kun.uz

Kompaniya matbuot xizmati Kun.uz so‘roviga soat 18:10 da bergan javobida limit to‘lgani uchun sotuv jarayoni to‘xtaganini tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, bu jarayonda qariyb 28 mingta shartnoma ochilgan va ularning barchasi 2 soat ichida o‘z egasini topib ulgurgan.

Bu jarayonda, shartnoma tuzish faqat dilerlik markazlarida amalga oshirildi, odatdagidan farqli ravishda kontraktni onlayn tarzda olishning imkoni berilmadi.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors ommabop modellari sotuvini 8 oylik tanaffusdan keyin shu yil avgust oyi boshida qayta tiklagan, o‘shanda avtosalonlarda kuzatilgan ajiotaj fonida 50 mingdan ortiq avtomobil uchun shartnomalar bir sutka ichida tarqatib bo‘lingani aytilgandi.

Mavzuga oid