O‘zbekiston | 16:29 / 18.09.2023
3802
1 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«O‘ztransgaz» AJ tizim inshootlarini kuz-qishga tayyorlash jarayonida shimoliy hududlarda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda

Xususan, «Buxoro-Ural» magistral gaz quvurining 22 km uzunlikdagi yangi IV tarmog‘i qurildi. Mazkur magistral gaz quvurining I-II tarmoqlaridagi nuqsonli qismlar almashtirildi. Ayrim uchastkalarda jarayon so‘nggi bosqichda davom ettirilmoqda.

Magistral gaz quvurlaridagi 22 ta berkitish moslamasi almashtirildi. Tuley MGQB kompressor stansiyasi AB sexining chiqish kollektori va "Markaziy Osiyo-Markaz" IV tarmoq luping gaz quvuri o‘rtasida qo‘shimcha shleyf qurildi. Natijada luping gaz quvuri orqali gaz haydash imkoniyati oshirildi.  

Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasining DKS-4, DKS-5 sexlarida rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Tun-u kun olib borilgan olovli ishlar davomida gaz haydash agregatlari, chang tutgichlar, havo orqali sovitish apparatlari hamda yoqilg‘i tayyorlash blokidagi nuqsonli berkitish moslamalari almashtirildi. 

Amalga oshirilgan tadbirlar tarmoqning shimoliy hududlardagi uchastkalarida ishonchlilikni ta’minlab, samaradorlikka xizmat qiladi.

Mavzuga oid