UzAuto Motors ommabop modellar uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochilganini ma’lum qildi
Bugun, 18 sentabr kuni Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun cheklangan miqdordagi kontraktatsiya ochilmoqda. Shartnomani onlayn tuzib bo‘lmaydi.
UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarning qo‘shimcha hajmi uchun kontraktatsiya ochilganini ma’lum qildi.
“Ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, barcha mavjud ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillarining qo‘shimcha partiyasini ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlari ham ishlab chiqildi”, – deyiladi kompaniya xabarda.
Qayd etilishicha, bugun, 18 sentabr kuni UzAuto Motors rasmiy saytida ko‘rsatilgan komplektatsiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilmoqda. Avtomobillar soni cheklangan.
Avtomobillar uchun shartnomani faqat Chevrolet'ning dilerlik markazlarida tuzish mumkin. Avval mavjud bo‘lgan onlayn shartnoma tuzish imkoniyati hozirda yo‘q.
UzAuto Motors avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirish maqsadida ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimi joriy etilayotganini eslatgan. “Barcha tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobillar qisqa vaqt ichida o‘z egalariga yetkazib beriladi”, – deya ma’lum qilgan kompaniya.
Rasmiy xabarda qo‘shimcha qilinishicha, agar bir shaxs nomiga yiliga bir xil model uchun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilinsa, kompaniya shartnomaning 3.1.2 bandiga asosan avtomobillarni yetkazib berish muddati uzaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, monopol ishlab chiqaruvchi yuqorida sanab o‘tilgan modellarning ichki bozordagi sotuvini 8 oy to‘xtatib qo‘yib, avgust oyi boshida cheklangan miqdorda (50 mingdan ortiq) avtomobilni sotuvga chiqargan va bu sotuv jarayoni bir sutka ham davom etmay, barcha shartnomalar tuzib bo‘lingani vaji bilan to‘xtatilgan edi. Bunda, 5 avgust kuni tongdan avtosalonlarda ajiotaj kuzatilgandi.
Mavzuga oid
07:31 / 12.11.2024
Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi
15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi
18:27 / 31.10.2024
Yangi Cobalt Midnight 7,3 million so‘m qimmatroq bo‘ladi
14:37 / 30.10.2024