Oltinni yeyish yoki uni biror taomga qo‘shib iste’mol qilish durust emas - Fatvo markazi
Shuningdek, bu «molni isrof va zoye qilish va ne’matlarning qadrini yerga urish» ekani aytildi.
O‘zbekiston Musulmonlar idorasining Fatvo markazi oltin va boshqa qimmatbaho metallarni oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shib yoki alohida iste’mol qilish shar’iy va insoniy urfga zid ekanini ma’lum qildi.
«Oltinning o‘zini yeyish yoki uni biror taomga qo‘shib tanovul qilish dinimizda durust emas. Birinchidan, aslida oltin va kumush naqd pul hamda ayollarga ziynat qilib yaratilgan. Uni yeydigan narsaga aylantirish joiz emas. Bunday qilish shar’iy va insoniy urfga ziddir. Chunki biror bir millat, din yoki jamiyat oltin va kumushni taom sifatida qabul qilmagan», deyiladi xabarda.
Fatvo markazi xabariga ko‘ra, oltin va kumushdan yasalgan idishlarda taomlanish va ichish ham joiz emas. Shuningdek, bu «molni isrof va zoye qilish va ne’matlarning qadrini yerga urish» hisoblanadi.
Markazning ma’lum qilishicha, ayrim tabiblar shifo maqsadida kam miqdorda oltin iste’mol qilishni tavsiya qilgan bo‘lishi mumkin. Bu zarurat yuzasidan joiz, umuman olganda, alohida mavzu ekani aytilgan.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qondagi restoran mijozlarga yeyiladigan oltin bilan qoplangan kabob, muzqaymoq va palov taklif qilayotgani, jumladan, «oltin» kabobning bir sixi 470 ming so‘m, 1 kg «tilla» palov esa 40 million so‘m ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mavzuga oid
14:31 / 08.08.2024
O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari rekord miqdor – 37,4 mlrd dollarga yetdi
14:33 / 22.07.2024
Gaz sotish 24 barobarga oshdi, oltin eksporti to‘xtadi, Rossiya va Xitoyga bog‘liqlik ortib boryapti – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
07:50 / 19.07.2024
11 ming dollarga sof quyma oltin bo‘lagini sotayotgan shaxslar ushlandi
14:00 / 14.07.2024