Qozog‘istonda ilk bor «chet el agentlari» reyestri e’lon qilindi, unga jurnalistlar va huquqbonlar kiritilgan
Qozog‘iston Moliya vazirligi ilk marta «chet el agentlari» reyestrini e’lon qildi. 240 ta yuridik va jismoniy shaxslar nomlari kiritilgan ro‘yxatdan huquqbonlar, jurnalistlar va xorijiy kompaniyalarning vakolatxonalari o‘rin olgan.
Hujjat vazirlikning Davlat daromadlari qo‘mitasi saytiga joylashtirilgan.
Xususan, Qozog‘iston Moliya vazirligi «chet el agentlari» ro‘yxatiga quyidagilarni kiritgan:
- Qozog‘iston xalqaro inson huquqlari bo‘yicha byurosi;
- Erkindik Qanaty fondi;
- Qozog‘iston yoshlar informatsion xizmati;
- Masa.Media nashri;
- MediaNet xalqaro jurnalistika markazi;
- «Xalqaro huquqiy tashabbus»;
- «Ar.Rux.Xak» huquqbonlik fondi;
- «Әdіl sөz» («Odil so‘z») xalqaro so‘z erkinligini himoya qilish fondi;
- «Zelenoye spaseniye» («Yashil qutqaruv») ekologik jamiyati.
- Qozog‘iston kasaba uyushmalari federatsiyasi.
Respublikada «chet el agenti» deb e’lon qilinganlar orasida jurnalist Aynur Koskina, Majlis deputatligiga sobiq nomzod Dinara Yegeubayeva, jurnalist va «Za nami ujye viyexali» Youtube-kanalining muallifi Dmitriy Dubovitskiy bor.
Mustaqil matbuot «chet el agenti» deb topilgan jismoniy shaxslarning individual identifikatsion raqamlari ham e’lon qilinganiga e’tibor qaratgan. Bu shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish hisoblanadi.
Bundan tashqari, Qozog‘iston hukumati «chet el agentlari» reyestriga xorijiy kompaniyalar va fondlarning vakolatxonalarini ham kiritgan. Masalan, Rossiya «Gazprombank»ining Qozog‘istondagi vakolatxonalari, Reuters xalqaro axborot agentligi vakolatxonasi, «Kiyev vitamin zavodi» filiali va Niderlandiya silga qarshi kurashish markazining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi ham ro‘yxatdan o‘rin olgan.
2022 yilda Qozog‘iston hukumati chet eldan moliyalashtirish oladigan shaxslarning reyestrini oshkor qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni Soliq kodeksiga kiritgan edi. Hukumat bu chora «fuqarolar ishonchi darajasini yuksaltirish»ga qaratilganini aytib, yuridik shaxslar va nohukumat tashkilotlariga tegishli bo‘lishini ta’kidlagan edi.
Mavzuga oid
22:06 / 01.11.2024
Turkiya parlamenti «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi
15:26 / 03.06.2024
Gruziyada “chet el agentlari” haqidagi bahsli qonun kuchga kirdi
21:30 / 18.05.2024
Gruziya prezidenti «chet el agentlari» to‘g‘risidagi mojaroli qonunga veto qo‘ydi
23:30 / 16.02.2024