Toshkentda yangi TBC Talks loyihasi doirasida IMD va TBC Bank kompaniyasining eksklyuziv dasturi taqdim etildi
22 sentabr kuni TBC Talks loyihasi doirasida Generativ sun’iy intellektning biznes sohasidagi imkoniyatlariga bag‘ishlangan Generative AI Sprint for Business Owners and CEOs ta’lim dasturining eksklyuziv taqdimoti o‘tkazildi. Dunyoning yetakchi biznes maktablaridan biri hisoblangan IMD (Shveytsariya) tomonidan TBC Bank Uzbekistan bilan hamkorlikda tashkil qilingan dastur biznes egalari va kompaniyalar rahbarlariga yo‘naltirildi.
Sun’iy intellekt – biznes uchun
Generativ sun’iy intellekt (SI), masalan ChatGPT dunyoni zabt etishga ulgurdi. Kompaniyalarning rahbarlari biznesni rivojlantirish va avtomatlashtirish maqsadida undan iloji boricha ko‘proq foyda olishga intilmoqda. Shu bilan birga, yetarli bilimga ega emasliklari sababli uni qo‘llashda qiyinchiliklarga duch kelishyapti yoki uning imkoniyatlarining kam qismidan foydalanishyapti.
Generative AI Sprint for Business Owners and CEOs dasturi ishtirokchilarga Generativ sun’iy intellektning salohiyatini o‘rganish imkonini berdi, endi ular o‘z bizneslarini ilgari surishda uni muvaffaqiyat bilan qo‘llashlari mumkin.
Nomi jahonga taniqli spiker
Dasturni IMD biznes-maktabining professori, biznesni raqamli transformatsiyalash, SI, tahlil va marketing strategiyasi sohasining mashhur eksperti Amit Joshi taqdim etdi.
«2021 yil dekabr oyigacha biz asosan prognozlash qobiliyatiga ega bo‘lgan sun’iy intellektdan foydalana olardik. ChatGPT yaratilganidan keyin oldin mavjud bo‘lmagan yangi, ko‘lamli narsani ishlab chiqish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu ham foyda keltiradi, ham xatar. Biroq agar ushbu texnologiyadan foydalanmasangiz, unda raqobatchilaringiz sizni ortda qoldiradi. Shu bois uni o‘rganing va qo‘llang.
Taqdim etilgan dastur O‘zbekiston biznes-auditoriyasida aks sado berganidan mamnunman. Sessiya foydali bo‘lganiga va uchrashuvdan keyinoq qo‘llana boshlanishiga umid qilaman», — deydi professor Amit Joshi.
Dastur ishtirokchilari biznes-maqsadlarga qarab SI yordamida qay tarzda samarali strategiyalarni yaratish mumkinligini haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi. Jahon biznes-amaliyotida sun’iy intellekt real samarali qo‘llangan holatlar bilan tanishishdi hamda biznesni ilgari surish uchun SI imkoniyatlariga asoslangan individual strategik rejaga ega bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, dastur taqdimoti TBC Talks platformasini ishga tushirish doirasida o‘tkazildi.
«Biz biznesni ilgari surish uchun SI imkoniyatlariga bag‘ishlangan eksklyuziv dastur taqdimoti bilan bugun o‘z faoliyatini boshlagan TBC Talks loyihasi ishga tushgani haqida e’lon qilishdan mamnunmiz.
TBC Talks — bu TBC Bank Uzbekistan kompaniyasining muvaffaqiyatli netvorking uchun mo‘ljallangan platformasidir. Uning maqsadi biznes-hamjamiyatni turli sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi jahonning yetakchi ekspertlari bilan tanishtirish, xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashish imkonini beradigan katta hamjamiyatni yaratishdan iborat. Uchrashuvlarni doimiy asosda o‘tkazib boramiz», — deya qayd etadi TBC Bank Uzbekistan va Payme Kuzatuv kengashining raisi Nika Kurdiani.
Reklama
Mavzuga oid
10:52 / 06.03.2023
Yaratilgan yangi ekotizim va soddalashtirilgan shartnomalar - hammasi TBC Bank haqida
17:00 / 09.08.2022
TBC Bank Uzbekistan qo‘shimcha $35,1 million sarmoyaga ega bo‘ldi
19:30 / 25.05.2022
MBPM va «TBC Bank» ATB «HUMO» kartalari bilan Gruziyada to‘lov qilish imkoniyatini ishga tushirish to‘g‘risida kelishuv imzoladi
16:00 / 23.11.2021