Jahon | 08:59 / 26.09.2023
7724
1 daqiqa o‘qiladi

Blinken: Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik butun dunyoga tahdid solmoqda

Uning fikricha, Rossiya astoydil «uskunalar, ta’minot, texnologiya» izlamoqda, KXDR esa «raketa dasturlarini mustahkamlash va rivojlantirish uchun yordam kutmoqda».

Foto: Craig Ruttle/Pool via Reuters

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya va KXDR o‘rtasidagi harbiy hamkorlik butun dunyo uchun xavf tug‘dirayotganini ma’lum qildi.

Bu haqda Blinken AQSh-Janubiy Koreya munosabatlariga bag‘ishlangan yillik forumda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

«Biz Rossiya-Shimoliy Koreya harbiy hamkorligi global tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan xavfli yo‘nalishlarini ko‘rsatish uchun boshqa hamkorlar va ittifoqchilar bilan qat’iy ishlayapmiz», — dedi u. 

Uning fikricha, Rossiya astoydil «uskunalar, ta’minot, texnologiya» izlamoqda, KXDR esa «raketa dasturlarini mustahkamlash va rivojlantirish uchun yordam kutmoqda».

Mavzuga oid