Jahon | 14:20 / 26.09.2023
18888
5 daqiqa o‘qiladi

Odessaga zarba oqibatlari va yakson etilgan Kleshchiyevka manzaralari. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 579-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Amerikaning Abrams tanklarining ilk partiyasi Ukrainaga yetib keldi. Ularning soni qanchaligiga — aniqlik kiritilmagan. AQSh Ukraina qurolli kuchlari uchun jami 31 ta Abrams tanklari berishni va’da qilgan.
  • RF Boltiq floti urush tufayli endi hujumkor desant amaliyotlari o‘tkaza olmaydi, bu haqda harbiy mojarolarni tahlil qilishga ixtisoslashgan Rochan Consulting kompaniyasi tahlilida aytiladi.
  • Ukrain harbiylari RF Qora dengiz flotining Sevastopoldagi shtabiga 22 sentabr kuni yo‘llangan raketa zarbasi oqibatida 34 ofitser halok bo‘lgani, qurbonlar orasida flot qo‘mondoni ham bo‘lgani to‘g‘risida xabar berdi. Bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmagan.
  • Ukraina 25 sentabr kuni Qrimdagi nishonlarga raketa zarbalari berdi. Rossiya manbalari ikki raketa urib tushirilganini ma’lum qilgan, ammo uchib kelgan raketalarning jami soni qancha bo‘lgani va zarba oqibatlari qay darajada ekani haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Ukraina tomoni bu haqda hech qanday xabar bermagan.
  • Xuddi shu vaqtda rossiyalik harbiylar Mikolayiv hududiga zarba yo‘lladi — taxminlarga ko‘ra ikki raketa bilan, yoki, yo‘naltirilgan aviabombalar orqali. Mikolayiv shahri meri aholini zarba qayerga kelgani borasida sukut saqlashga chaqirgan; Rossiyaning Rybar harbiy telegram-kanali zarba shahardagi Kulbakino aeroportiga berilgani haqida xabar berdi, bu yerda Ukraina havo kuchlari samolyotlari joylashgan.

Odessa o‘qqa tutilishi oqibatlari

25 sentabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Odessani o‘qqa tutdi. Shaharda dengiz vokzali binosi, vokzal yaqinidagi mehmonxona va omborlar shikastlangan, g‘alla saqlash joyi yakson etilgan. Portlash to‘lqini tufayli atrofdagi uylarning derazalari to‘kilib ketgan, tinch aholi vakillaridan bir kishi yaralangan.

Rossiya raketa zarbasi oqibatida shikastlangan Odessa dengiz vokzali yonidagi mehmonxona
EPA / Scanpix / LETA
Odessa aholisi vakili omborxona hududiga raketa kelib tushishi oqibatida hosil bo‘lgan xarobalar ustida
Igor Tkachenko / EPA / Scanpix / LETA
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA

Ozod etilgan Kleshchiyevka atrofidagi ukrain jangchilari

Ukraina qo‘shini 17 sentabr kuni Kleshchiyevkani ozod etgandi — Donetsk oblastining Baxmut shahridan to‘qqiz kilometr janubdagi bu qishloqni RF armiyasi 2023 yil yanvarida egallab olgandi. Ukraina QK bosh shtabiga ko‘ra, keyingi hafta mobaynida rossiyalik harbiylar Kleshchiyevka ustidan nazoratni qaytarish uchun besamar urinishlarni amalga oshirgan. RF mudofaa vazirligi qishloq boy berilganini rasman tasdiqlamagan, anneksiya qilingan «DXR» «rahbari» Denis Pushilin esa Kleshchiyevka amalda to‘liq vayron bo‘lgani haqida gapirgan.

Ozod etilgan Kleshchiyevkaning yuqoridan ko‘rinishi
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik «Rijiy» va «Skeliya» laqabli harbiylar Kleshchiyevka yaqinida zenit raketa kompleksidan mo‘ljalga olmoqda
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Yakson etilgan tankning Ukraina QK zirhli mashinasi derazasidan ko‘rinishi
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Ukraina QKning «Kod 9.2» nomli zarbdor dronlar rotasidagi «Bexa» va «Kresh» laqabli jangchilar o‘z texnikasini Kleshchiyevka yaqinidagi oldingi chiziq tomon olib ketmoqda
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
«Kod 9.2» rotasidan bo‘lgan «Yasha» laqabli ukrainalik harbiy texnikasini zirhli mashinaga yuklamoqda
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Ukraina QK jangchilari Kleshchiyevka yaqinidagi o‘z pozitsiyalarida
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA

Frontning turli chekkalaridan suratlar

Kiyevdagi dafn marosimi

Ukrainalik harbiy Sergey Radyukning Kiyevdagi Avliyo-Mixaylov soboridagi dafn marosimi. Radyuk Ukraina sharqidagi janglar vaqtida halok bo‘lgan
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid