O‘zbekiston | 07:23 / 26.09.2023
4248
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 2 ta yuk mashinasi va «Kobalt» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yuk mashinalari haydovchilari tan jarohat olgan va shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Foto: IIBB axborot xizmati

Joriy yilning 26 sentabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida 2 ta yuk mashinasi va “Kobalt” avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, soat 01:00 larda Xonobod ko‘chasi 12-bekat qarshisida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan. 

2002 yilda tug‘ilgan S.B. boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli yuk mashinasi,  2001 yilda tug‘ilgan D.Sh. boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashina hamda 1957 yilda tug‘ilgan Sh.F. boshqaruvida bo‘lgan HOWO rusumli yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.

YTH oqibatida MAN hamda HOWO rusumli yuk mashinalari haydovchilari tan jarohat olgan va shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid