Medvedev Rossiya va NATO to‘qnashuvi ehtimolini oshiruvchi omillarga e’tibor qaratdi
Biz tayyormiz, ammo natija 1945 yildagidan ko‘ra insoniyat uchun ancha qimmatga tushadi, dedi Rossiya Federatsiyasining sobiq prezidenti.
Rossiyada NATO bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri mojarodan boshqa yo‘l borasida tanlov qilish imkoniyati tobora kamaymoqda. Bunday fikrni Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev bildirdi.
Rossiya Federatsiyasining sobiq prezidenti Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘qnashuv ehtimolini oshiruvchi bir qator voqealarga, jumladan Amerikaning Abrams tanklari yetkazib berilgani, Ukrainaga uzoq masofali ATACMS raketalarini yetkazib berish va’da qilingani, shuningdek, Kanada hukumati va «natsistlar» o‘rtasidagi aloqalarga e’tibor qaratdi.
«Aftidan, Rossiyada NATO bilan yerda to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuvdan boshqa tanlov imkoniyati kamayib bormoqda, u Gitler o‘qi kabi ochiq fashistik blokka aylangan, garchi kattaroq hududda bo‘lsa ham. Biz tayyormiz, ammo natija 1945 yildagidan ko‘ra insoniyat uchun ancha qimmatga tushadi...», deb yozdi Medvedev o‘zining Telegram-kanalida.
Bundan oldin Dmitriy Medvedev Yevropa yetakchilarini irqchilikda qoralab, Yevropa Ittifoqi bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatishni taklif qilgandi. Rossiya Federatsiyasi sobiq prezidenti Yevrokomissiyaning Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha yangi tushuntirishlarini shunday izohlagan.
«Yevropa Ittifoqi rahbarlariga qoyil. Halol Bryussel boshliqlari. Ular barcha rossiyaliklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri aytdi: siz biz uchun ikkinchi darajali fuqarolarsiz. Xuddi Sharikov (Sharikov - Mixail Bulgakovning «It yuragi» qissasidagi qahramon) kabi», — deb yozgan u o‘zining Telegram-kanalida.
Rossiya Federatsiyasi sobiq prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining qarori «har bir Rossiya fuqarosi yuziga tarsaki bo‘ldi».
Mavzuga oid
18:21
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024