O‘zbekiston | 21:00 / 27.09.2023
5222
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va O‘zbekiston aviaqatnovlarni ko‘paytirishga kelishib oldi 

Haftalik reyslar soni 80 tadan 106 taga yetkaziladi. 

Foto: Kun.uz

Rossiya va O‘zbekiston transport vazirliklari ayrim shaharlar o‘rtasida o‘zaro aviaqatnovlarni ko‘paytirishga kelishib oldi. Xususan, Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslar soni haftasiga 39 tadan 50 taga yetkaziladi.  

Tegishli kelishuv Rossiya havo transporti federal agentligi veb-saytida e’lon qilingan.  

Hujjatga ko‘ra, quyidagi shaharlar o‘rtasida haftalik havo qatnovi ko‘paytiriladi:

- Moskva - Toshkent: 39 tadan 50 taga;

- Moskva - Buxoro: 10 tadan 14 tagach;

- Moskva - Urganch: 7 tadan 14 taga;

- Sankt-Peterburg - Toshkent: 7 tadan 14 taga;

- Krasnoyarsk - Toshkent: 7 tadan 14 taga. 

Aviaqatnovlar sonining ko‘payishi hamkorlik rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va ikki davlat o‘rtasida tashish bo‘yicha yo‘lovchilar talabini qondirishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda. 

Hujjatga ko‘ra, reyslarning katta qismi Uzbekistan Airways tomonidan amalga oshiriladi. 

Mavzuga oid