O‘zbekistondagi Shineray avtotexnikalarining yangi modellari taqdim etildi
26 sentabr kuni Toshkentda Shineray Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi modeldagi mikroavtobuslar va umumiy avtomobil texnikalarining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu avtomobillar kompaniyaning O‘zbekistondagi rasmiy hamkorlari orqali yetkazib berilmoqda.
Kompaniya ayni paytda O‘zbekistondagi bozor talabiga binoan Shineray Group kompaniyasi tomonidan yangilangan T30 hamda T32 modellarini olib keldi. T30 va T32 modellari Italiya texnologiyasi asosidagi dvigateldan foydalanadi, u ko‘proq yuk ko‘tarish qobiliyatiga, kuchliroq quvvatga, yanada barqaror sifatga, foydalanishning arzonligiga, avtomobilda ovozsiz effektga ega, O‘zbekiston shaharlaridagi mahalliy iste’molchilarning avtomobil sotib olish ehtiyojlarini qondirmoqda. Bundan tashqari, Shineray Group yangi mahsulot dvigatellari uchun 8 yil yoki 200 000 kilometrlik rasmiy kafolat ham taqdim etadi.
Shineray Group rompaniyasi 1997 yilda tashkil etilgan , u asosan avtomobillarni tadqiq qilish va ishlab chiqish hamda sotish bilan shug‘ullanadigan yuqori darajadagi korxona bo‘lib, yuqori sifatli mototsikllar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, umumiy avtomobil texnikalari ishlab chiqaradigan kompaniya hisoblanadi.
Kompaniya Italiya va Xitoyning Chongching provinsiyasida dizayn markazlari va ilmiy-tadqiqot markazlariga ega va Chongching Fuling ishlab chiqarish bazasi, Chongching yuqori texnologiyali zonasi ishlab chiqarish bazasi, Vetnam ishlab chiqarish bazasi, SWM Italiya ishlab chiqarish bazalariga ega. Bu kompaniyaning yillik ishlab chiqarish hajmi 400 000 donani tashkil qiladi. Uning mahsulotlari SUV, MPV, mikroavtobus, mikro yuk mashinalari, yangi energiya vositalari va boshqalarni qamrab oladi hamda Janubiy Amerika, Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo kabi 40 dan ortiq mamlakat va mintaqalarga eksport qilinadi. Ular orasida mikrotijorat avtomobillari nafaqat Xitoy bozori segmentlarida yetakchi o‘rinni egallabgina qolmay, balki ular avtomobil sohasida ham jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi.
“Biz bu kompaniya bilan 2021 yilda shartnoma imzoladik va shu vaqtdan boshlab bu avtomobillarni rasman O‘zbekistonga olib kirishni yo‘lga qo‘ydik. Bizning avtomobillarning yuqori sifati hamda yaxshi ko‘rinishi mijozlar tomonidan iliq qarshi olindi. Bir oyda 1000 dan ortiq avtomobillarni sotishga va shu vaqtda qadar esa 15 000 dan ortiq avtomobillarni mijozlarga topshirishga muvaffaq bo‘ldik. Bu avtomobillar O‘zbekiston sharoitiga juda mos kelganligi hamda ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan kerakli barcha avtoehtiyot qismlar o‘z vaqtida ta’minlab turilishi bizning asosiy yutuqlarimizdan biri hisoblanadi”, - deydi kompaniyaning O‘zbekistondagi savdo bo‘limi direktori Ixtiyor Usmonov.
Shineray Group’ning tashqi savdo menejyeri Roy O‘zbekiston bilan hamkorlik haqida gapirdi:
“Oxirgi 20 yilda kompaniyamiz mahsulotlari butun dunyoda ommalashdi. O‘zbekistonga kirib kelishimizdan maqsadimiz sifatli avtomobil texnikalari va kafolatli servis xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat. Kelgusida Shineray brendi ostida krossover va sedan avtomobillar, minivenlarni ham yetkazib berishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Oxirgi yillarda respublikangizda avtomobil bozori juda rivojlanmoqda. Shu sababli o‘zbek avtobozori bizga juda qulay.
Bizning avtomobil texnikalarimiz birinchi o‘rinda sifati va narxlari bilan ajralib turadi. Shu sabab biz O‘zbekiston bozorida ommalashdik va bundan keyin yanada rivojlanishga harakat qilamiz.
Xitoy ichki va tashqi bozorini rivojlantirish maqsadida tinimsiz izlandik va juda ko‘plar sertifikatlarga ega bo‘ldik. Avtomobillarimiz jahon standartlari talablariga javob berganligi uchun dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham sotilmoqda. Hozir dunyoning 40 dan ortiq davlatlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan”.
Kelgusida mazkur kompaniya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu bilan savdo hajmining yanada oshishi ko‘zda tutiladi.
Murojat uchun:
+998 901390304
+998 910880303
+998 994754455
Reklama