O‘zbekiston | 08:19 / 28.09.2023
3505
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya O‘zbekistonda muqobil energiya loyihalarini xususiy sherikchilik asosida amalga oshirmoqchi

Tokioda Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari energetika sohasi mutasaddilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo AA

Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Tokyo GX Week xalqaro haftaligi doirasida Yaponiya va Markaziy Osiyo davlatlari energetika vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Unda Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Yasutoshi Nishimura, O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov (onlayn), Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev (onlayn), Qirg‘iziston tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Melis Turgunbayev, Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma, Turkmaniston davlat vaziri – «Turkmangaz» davlat konserni raisi Maksat Babayev ishtirok etdi.

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov o‘z ma’ruzasida mamlakatda Orol fojiasi va suv resurslarini cheklangani muammosiga to‘xtalib, bu masala mintaqaviy muammo ekanini qayd etdi. Shu bilan birga, 2030 yilgacha O‘zbekistonda «yashil» iqtisodiyotga o‘tish va «yashil» o‘sishni ta’minlash dasturi qabul qilinganligi va dasturga muvofiq issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish rejalashtirilganini ta’kidlandi.

O‘zbekiston energetika vaziri, shuningdek, bugungi kunda yapon kompaniyalari tomonidan mamlakatda quvvati 2500 MV teng yuqori texnologik elektr stansiyalar barpo etilganini va hozir kunda yirik yapon kompaniyalari muqobil energiya loyihalarini xususiy sherikchilik asosida amalga oshirishga katta qiziqish bildirayotganini ta’kidladi.

Mavzuga oid