O‘zbekiston | 07:30 / 29.09.2023
4623
1 daqiqa o‘qiladi

8 ta tibbiyot oliy o‘quv yurti top-1000 reytingiga kirish uchun da’vogar sifatida qayd etildi

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini e’lon qildi.

Bu yil respublikaning yana 20 ta oliy ta’lim muassasasi reporter maqomida qayd etilishi bilan top-1000 talik reytingdan joy olish uchun da’vogarlar o‘tgan yilgi 28 tadan 48 taga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur 48 ta oliy ta’lim muassasasi THE’ning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda agentlik ularga yaqindan yordam beradi.

Ushbu reytingdan Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi 8 ta OTM o‘rin olgan. Ular: Toshkent tibbiyot akademiyasi; Samarqand davlat tibbiyot universiteti; Toshkent pediatriya tibbiyot instituti; Toshkent davlat stomatologiya instituti; Toshkent farmatsevtika instituti; Andijon davlat tibbiyot instituti; Buxoro davlat tibbiyot instituti; Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.

Bunda, OTMlarning 18 ta indikator asosida 5 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish; tadqiqot muhiti; tadqiqot sifati; sanoat; xalqaro istiqbollar.

Mavzuga oid