Qo‘qon va Chongju o‘rtasida birodarlashgan shaharlar to‘g‘risidagi memorandum imzolandi
Memorandum tomonlar o‘rtasida ta’lim, madaniyat, turizm, ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiyalar sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
Amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lgan Janubiy Koreyaning Chongju shahri munitsipaliteti sanoat va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash departamenti boshlig‘i Xe Yon-xoy boshchiligidagi delegatsiya vakillari Qo‘qon shahri hokimi Ma’ruf Usmonov bilan uchrashdi.
Qo‘qon shahar hokimiyati axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, muloqot chog‘ida tomonlar Qo‘qon va Chongju shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish, ta’lim va turizm sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.
Chongju shahri ma’muriyati vakillari Qo‘qon shahrining salohiyatlarini inobatga olgan holda ushbu hudud doirasida amalga oshiriladigan iqtisodiy-ijtimoiy sohalardagi loyihalarda ishtirok etishga qiziqishlari mavjud ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Qo‘qon va Chongju shaharlari o‘rtasida birodarlashgan shaharlar to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Mazkur memorandum tomonlar o‘rtasida ta’lim, madaniyat, turizm, ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiyalar sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
10:23 / 07.11.2024
DXX: Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari ozodlikdan mahrum etildi
23:02 / 13.09.2024
Qo‘qonda gaz to‘ldirish shoxobchasida turgan avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi
18:00 / 12.09.2024
Qo‘qonda o‘g‘irlangan avtomobil pachaqlangan holda topildi
15:06 / 11.07.2024