Ukraina AEXA boshqaruvchilar kengashi tarkibiga kirdi
AEXA boshqaruv organi moliyaviy masalalar, xavfsizlik standartlari bilan shug‘ullanadi va agentlik bosh direktorini tayinlaydi.
Ukraina 10 ta davlat qatori Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning boshqaruvchilar kengashiga saylandi. Bu haqda 28 sentabr, payshanba kuni e’lon qilingan AEXA bayonotida aytiladi.
«2023-2024 yillar uchun 35 a’zodan iborat AEXA boshqaruvchilar kengashiga 11 davlat vakillari saylandi. Kengashning yangi saylangan a’zolari quyidagilar: Jazoir, Armaniston, Bangladesh, Burkina-Faso, Ekvador, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Niderlandiya, Paragvay, Ispaniya va Ukraina», - deyiladi AEXA xabarida.
Boshqaruvchilar kengashi AEXAning ikkita boshqaruv organidan biri hisoblanadi. U moliyaviy masalalar, xavfsizlik standartlari bilan shug‘ullanadi, shuningdek, agentlik bosh direktorini tayinlaydi.
Zelenskiy Ukraina saylanganini qarorlarga ta’sir qilish imkoniyati deb atadi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AEXA bayonotini izohlar ekan, bu Ukrainaga «AEXA barcha a’zolari va butun xalqaro hamjamiyat uchun majburiy bo‘lgan qarorlarga ta’sir qilish uchun real imkoniyatlar» berishini aytdi.
«Biz Tinchlik formulamizning birinchi bandi - yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni amalga oshirish uchun hamma narsani qilamiz. Zaporijjya atom elektr stansiyamiz rossiyaliklardan to‘liq ozod qilinishi hamda Ukraina va butun Yevropa Rossiyaning radiatsiyaviy shantajidan ozod etilishini kafolatlash kerak», - dedi Zelenskiy vatandoshlariga murojaatida.
AEXA Rossiyani Zaporijjya AESni tark etishga chaqirdi
Shu bilan birga, AEXAga a’zo davlatlar Venada bo‘lib o‘tgan yillik bosh konferensiyada Rossiyadan Zaporijjya atom elektr stansiyasidan qo‘shinlarini zudlik bilan olib chiqib ketish va stansiyani Ukraina nazoratiga qaytarishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi.
Bundan tashqari, rezolyutsiya Zaporijjya AESda doimiy joylashgan AEXA kuzatuvchilari uchun zavodning barcha binolariga kirishni ta’minlashni talab qiladi. Rezolyutsiya 69 davlat ovozi bilan qabul qilindi. Olti davlat, jumladan, Rossiya, Xitoy va Eronga qarshi ovoz berdi. 32 davlat, xususan, Pokiston va JAR betaraf qoldi.
Mavzuga oid
18:24
Birinchi zarbada Bryanskkacha: Ukraina ilk marta ATACMS ballistik raketasi bilan Rossiya hududiga zarba yo‘lladi
18:21
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
15:05
Duma Ukrainada jang qilayotganlarning qarzidan kechish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
13:31