O‘zbekiston | 09:55 / 30.09.2023
4806
3 daqiqa o‘qiladi

InfinBANK “O‘tkazma uchun iPhone ” aksiyasini ishga tushirdi

Foto: InfinBANK

Kartadan pullaringizni VISA kartasiga telefon raqam orqali o‘tkazing va bosh sovriniga iPhone 15 qo‘yilgan aksiya ishtirokchisiga aylaning.

Kuzning debochasi - yoqimli umidlar davri. Ba’zilar birinchi yomg‘ir va salqin ob-havoni, ba’zilar esa Yangi yilni, yana ba’zilar esa yangi Apple mahsulotlari taqdimotini kutadi.

Keling, yangi iPhone 15 haqida gaplashamiz! InfinBANK “O‘tkazma uchun iPhone” aksiyasini ishga tushirdi, unda har oyda oltita g‘olib bankning Instagramʼidagi rasmiy sahifasida jonli efirda tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi. Ikki o‘yinda bizni jami 12 nafar g‘olib kutmoqda.

Ishtirok etish uchun siz kartadan VISA kartasiga telefon raqami orqali pul o‘tkazishingiz kerak bo‘ladi, keyin esa shunchaki kuting!

13 oktyabr va 14 noyabr kunlari bittadan iPhone 15, shuningdek, besh juft AirPods Pro o‘ynaladi.

Aksiya ikki oy davom etadi, aniqrog‘i 11.09.2023 yildan 11.11.2023 yilgacha amalda bo‘ladi. Bu ishtirok uchun yetarli vaqt bo‘ladi - chunki har bir tranzaksiya sovrinlar uchun da’vogarga aylanadi. Shunday qilib, qancha ko‘p tranzaksiyalar bo‘lsa, g‘alaba qozonish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.

Telefon raqam orqali pul o‘tkazmasini qanday amalga oshirish mumkin?

"Telefon raqam bo‘yicha o‘tkazish" xizmatini faollashtirish uchun siz pul o‘tkazmalari olinadigan kartani tanlashingiz kerak, so‘ngra karta sozlamalarida "Kartani telefon raqamga ulash" bandini tanlang va "Ulanish" tugmasini bosing.

• “VISA Direct”ni tanlang va undan so‘ng esa “Telefon raqam orqali”ni tanlang;

• Ochilgan oynada telefon raqamini xalqaro formatda kiriting (yoki mobil ilovadan foydalangan holda saqlangan telefon raqamni tanlang);

• Agar o‘tkazmalarni qabul qilish kartasi telefon raqamiga ulangan bo‘lsa, ilovada oluvchining ismi va familiyasining bosh harfi ko‘rsatiladi;

• Familiyani o‘zingiz kiriting;

• O‘tkazma summasini kiriting va “O‘tkazish” tugmasini bosing.

• Tabriklaymiz, siz aksiya ishtirokchisisiz!

Aksiyani ishga tushirish orqali, InfinBank mijozlarga moliyaviy moslashuvchanlikning yuqori darajasini eslatib turadi. Chunki telefon raqam orqali o‘tkazmalarni amalga oshirish — VISA bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan o‘tkazmalarning tez va qulay usuli hisoblanadi. Aksiyaga qo‘shiling va o‘tkazmalarning yangi usullarini qo‘llab ko‘ring!

Reklama

Mavzuga oid