Jahon | 10:55 / 30.09.2023
7647
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda 30 ming kishi otib tashlangan Babin Yar fojiasi qurbonlari xotirasi yod etildi

Babin Yardagi ommaviy qirg‘indan 82 yil o‘tib, Ukrainadagi yahudiylar Sukkot bayramini «o‘z kelib chiqishi bilan faxrlanib va hech qanday qo‘rquvsiz» nishonlashi mumkin, deya ma’lum qildi Ukraina yahudiy jamoalari federatsiyasi rahbari Rafael Rutman.

Foto: AP

Kiyevda juma, 29 sentabrda ikki kun ichida - 1941 yil 29 va 30 sentabr kunlari natsistlar 30 mingdan ortiq kishini otib o‘ldirgan Babiy Yar fojiasi qurbonlari xotirasi yod etildi. Ukraina yahudiy jamoalari federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan va ushbu fojianing 82 yilligiga bag‘ishlangan marosimda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, shuningdek, Kiyev, Berdichev, Jitomir, Bila Tserkva va Cherkassidan kelganlar ishtirok etdi.

Ukraina yahudiy jamoalari federatsiyasi raisi Rutman fojiadan 82 yil o‘tgach, Ukraina yahudiylari 29 sentabrdan boshlangan yahudiylarning Sukkot bayramini «o‘z kelib chiqishi bilan faxrlanib, hech qanday qo‘rquvsiz nishonlashini» ta’kidladi.

Ikkinchi jahon urushi paytida Babiy Yardagi qirg‘in

Birgina 1941 yil 29 sentabrda Kiyevda yashovchi 22 mingdan ortiq yahudiylar Babin Yar hududida otib tashlangan. 1941 yil oktyabr oyining o‘rtalariga kelib, Ukraina yahudiy jamoalari federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni 50 ming kishidan oshgan.

2016 yilda Kiyevda Babin Yar milliy tarixiy-memorial qo‘riqxonasi hududida «Babin Yar» Holokost yodgorligi» xususiy xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida memorandum imzolangan. Fond faoliyatining asosiy maqsadi xayriya mablag‘laridan foydalangan holda muzey majmuasi qurilishi edi.

2026 yilga borib Babin Yarda keng ko‘lamli qurilish ishlarini olib borish va o‘ndan ortiq obektlarni qurish rejalashtirilgan edi, ular orasida to‘rtta muzey bor: 1941-1943 yillardagi Babin Yar fojiasi muzeyi, Ukraina va Sharqiy Yevropadagi Xolokost muzeyi, Babin Yar fojiasini unutish tarixi muzeyi va Kurenev fojiasi muzeyi.

Biroq, 2022 yil 24 fevralda boshlangan Ukraina urushi ushbu loyihalar bo‘yicha ishlarni to‘xtatishga majbur qildi. 

Mavzuga oid