Norvegiya 3 oktyabrdan Rossiya raqamlariga ega avtomobillarni kiritmaydi
Taqiq to‘qqiz nafargacha yo‘lovchi sig‘imiga ega yengil avtomobillarga nisbatan qo‘llaniladi.
Norvegiyada Rossiya davlat raqamlariga ega avtomobillarning mamlakatga kirishiga taqiq joriy etildi, deb xabar berdi mamlakat TIV. Taqiq 3 oktyabrdan kuchga kiradi.
Cheklov to‘qqiz nafargacha yo‘lovchi sig‘imiga ega yengil avtomobillarga nisbatan qo‘llaniladi.
«Shunday qilib, chegarani, masalan, mikroavtobuslar va avtobuslar orqali hali ham kesib o‘tish mumkin», deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, Norvegiya fuqarolari yoki Yevropa iqtisodiy hududi davlatlarining Rossiyada doimiy yashovchi fuqarolari va ularning qarindoshlariga tegishli avtomobillar uchun ham istisno joriy qilingan. Bundan tashqari, cheklovlar diplomatik transport va xalqaro tashkilotlarga tegishli transport vositalariga taalluqli emas. Bundan tashqari, gumanitar sabablarga ko‘ra istisnolar bo‘lishi mumkin, deb aniqlik kiritdi vazirlik.
2023 yil sentabr oyi boshida Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Rossiyadan tovarlar, jumladan, avtomobillarni olib kirishga taqiqni qanday qo‘llash kerakligi haqida tushuntirishlar berdi. Shundan so‘ng, Latviya, Litva, Estoniya, Polsha va Finlyandiya Rossiya davlat raqamlariga ega avtomobillarni o‘z hududiga kirishini taqiqladi.
Mavzuga oid
16:13
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024
Rossiyada dollar yil boshidan beri birinchi marta 100 rubldan oshdi
18:44 / 19.11.2024