Qatar O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishi mumkin
Qatar bilan qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Qatarga tashrifi doirasida Doha shahrida Qatar investitsiyalar va sanoat vaziri Muhammad al-Tani hamda Hassad Food, Nebras Power, FITCO Detergent, Alazizya Chemicals Factory, Qatar National Cement, Power International Holding holding kompaniyalari, Qatarning Education Above All Foundation jamg‘armasi va boshqa yirik kompaniya rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, investitsiyalar va sanoat vaziri Muhammad at-Tani bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning bugungi holati va sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha aniq tashabbuslar ko‘rib chiqildi.
Qatarning yirik kompaniya rahbarlari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda Qatar kompaniyalarining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarini jalb qilgan holda O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida yirik investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi. Jumladan, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, "yashil" energetika, infratuzilmaviy rivojlanish, maishiy kimyo, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida loyihalarni amalga oshirish hamda moliyaviy-texnik hamkorlikni rivojlantirishga kelishildi.
Mavzuga oid
19:01 / 19.11.2024
Qatar Tashqi ishlar vazirligi HAMAS yetakchilari Dohada emasligini ma’lum qildi
11:31 / 18.11.2024
Xitoy O‘zbekistonda oziq-ovqat va asbob-uskunalar ishlab chiqarish masalasini ko‘rib chiqyapti
22:56 / 15.11.2024
Hamas korpusi Qatardan ketadimi? Qaysi davlatga?
23:32 / 14.11.2024