Borrel: YeI va Ukraina Rossiya dezinformatsiyasiga qarshi kurashishi kerak
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi ommaviy gibrid hujumlar, jumladan, tashviqot va dezinformatsiya bilan birga kuzatilmoqda, dedi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kiyevda.
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel 1 oktyabr, yakshanba kuni Kiyevda Ukraina hukumati huzuridagi Strategik aloqa va axborot xavfsizligi markaziga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida u ushbu tashkilot olib borayotgan Rossiya dezinformatsiyasiga qarshi kurash muhimligini ta’kidladi.
«Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi ommaviy gibrid hujumlar bilan birga kuzatilmoqda, bu esa tashviqot, axborotni manipulyatsiya qilish, dezinformatsion kampaniyalar va kiberhujumlarni anglatadi», - dedi Borrel. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu yo‘l bilan Rossiya «bosqinchilik, anneksiya, vahshiyliklarni inkor etib, oziq-ovqat va energetika inqirozida boshqalarni ayblab, urush uchun javobgarlikdan xalos bo‘lishga harakat qilmoqda».
Yevroittifoq diplomatiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, xuddi shu usullardan foydalanib, Rossiya Ukrainani xalqaro qo‘llab-quvvatlash jarayoniga ham putur yetkazmoqchi. «Ular odamlar bu urushni ularga hech qanday aloqasi bo‘lmagan yevropaliklar navbatdagi urushi deb hisoblashiga erishishga harakat qilmoqda», deb ta’kidladi Bryussel vakili.
Dezinformatsiyaga qarshi kurash Yevropa Ittifoqi uchun ustuvor vazifa hisoblanadi
«Biz bu gibrid urushga qarshi turishimiz va dezinformatsiyaga qarshi kurashishimiz kerak. Bu Yevropa Ittifoqi va Ukraina uchun ustuvor vazifa. Biz bu jangda g‘alaba qozonishimiz kerak, chunki gap nafaqat hudud, balki odamlarning ongi haqida ham bormoqda», - deya xulosa qildi Borrel.
Mavzuga oid
14:41
YeI davlatlari AQSh yordami qisqarsa ham Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga tayyor
15:59 / 19.11.2024
Borrel: YeI davlatlari UQKga Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini muhokama qiladi
07:50 / 19.11.2024
YeI Gurjiston hukumatiga ajratilgan 121 mln yevroni qaytarib oldi
01:00 / 19.11.2024