Erondagi Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan shaxs o‘lim jazosiga hukm qilindi
Mahalliy fuqaro o‘z qilmishini shaxsiy va oilaviy muammolar bilan izohlagan edi.
Eron sudi 2023 yil yanvar oyida Ozarboyjonning Tehrondagi elchixonasiga hujum uyushtirgan jinoyatchini o‘lim jazosiga hukm qildi.
Hukm Eron fuqarosi Yosin Husaynzodaga nisbatan chiqarildi.
Ozarboyjonning Tehrondagi elchixonasiga hujum 27 yanvar kuni sodir bo‘ldi. Diplomatik missiya binosiga ikki kishi kirib keldi, ulardan biri eshikni ochdi, shundan so‘ng avtomat ko‘targan odam ichkariga yugurib kirib, o‘q otishni boshladi. Oqibatda bir kishi — diplomatik missiya xavfsizlik xizmati rahbari O‘rxon Askerov halok bo‘ldi. Ikki qo‘riqchi yaralandi.
Hujum qilgan shaxs politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Surishtiruv chog‘ida u bunday qilmishini shaxsiy va oilaviy muammolar bilan izohladi. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev voqeani terakt deb atagan edi.
Mavzuga oid
23:14 / 19.11.2024
Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi - OAV
21:44 / 19.11.2024
Kanadada sobiq adliya vaziriga suiqasdning oldi olindi
19:09 / 19.11.2024
Tramp Moskva va Tehronning ittifoqini parchalay oladimi?
11:54 / 19.11.2024