O‘zbekiston chiqindilarni boshqarish bo‘yicha Shvetsiya tajribasini o‘rganmoqchi
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida chiqindilarni boshqarish va tizimga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishni jadallashtirish masalasi muhokama qilindi.
Ekologiya vazirligi tizimidagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi rahbari Sharif Hasanov Shvetsiyaning O‘zbekistondagi elchisi Tomas Danestad hamda Shvetsiya chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash uyushmasi katta maslahatchisi Vern Vikvist bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida chiqindilarni boshqarish va tizimga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishni jadallashtirish masalasi muhokama qilindi.
Mamlakatda chiqindilar bo‘yicha vaziyatni, jumladan, ushbu sohadagi qisqa va uzoq muddatli ehtiyojlarni o‘rganish hamda tahlil qilish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.
Shvetsiyaning chiqindilarni boshqarish modeliga asosan chiqindilarni qayta ishlash hamda undan energiya ishlab chiqarishga urg‘u berildi.
Chiqindilarni energiyaga aylantirishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish, barqaror loyihalash va hayotga tatbiq etilishiga alohida ahamiyat qaratildi.
Mavzuga oid
22:14 / 19.11.2024
Shvetsiya prokuraturasi Boltiq dengizi tubidan o‘tgan kabellarga shikast yetkazilishini qo‘poruvchilik deb baholadi
22:40 / 05.11.2024
Mudofaa «yashil energetika»ga qarshi: Shvetsiya 13 ta shamol generatori qurilishiga ruxsat bermadi
21:59 / 02.11.2024
Shvetsiyada noqonuniy migrantlarga qarshi kurash kuchaytiriladi
14:38 / 30.10.2024