Iqtisodiyot | 08:01 / 02.10.2023
19271
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya O‘zbekistonda xorijiy korxonalar soni bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi

O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p ekani ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz

2023 yilning 1 sentabr holatiga ko‘ra, xorijiy investitsiya ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 12 750 tani tashkil etgan.

Rossiya xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimidagi soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda – 2849 ta korxona.

Keyingi o‘rinlardan 1929 ta korxonaga ega Xitoy va 1719 ta korxonaga ega Turkiya joy oldi.

Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni bo‘yicha Qozog‘iston va Koreya ham yetakchi beshtalikdan joy olgan. Mos ravishda, 949 ta va 696 ta korxona.

Mavzuga oid