Jahon | 14:45 / 03.10.2023
13845
4 daqiqa o‘qiladi

Xarkiv oblastida aholi minalarni zararsizlantirish umidida dalalarga o‘t qo‘ymoqda. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 586-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • The New York Times nashri yozishicha, Rossiya, katta ehtimol bilan, istiqbolli yadroviy qanotli raketa «Burevestnik»ni sinovdan o‘tkazishga tayyorlanmoqda.
  • «Rossiya 1» telekanalida Rossiyaning Ukrainaga o‘g‘irlab ketilgan Mi-8 vertolyoti haqida syujyet namoyish etildi — bunda pilot ekipajning ikki a’zosini o‘ldirishda ayblangan. Pilotning o‘zi ukrain harbiylariga asir tushgan.
  • Ukraina razvedkasi tasdiqlashicha, dronlar orqali Smolenskiydagi X-59 raketalari ishlab chiqariladigan aviazavodga hujum uyushtirilgan. RF mudofaa vazirligi uchuvchisiz uchar qurilmalar havo hujumidan mudofaa kuchlari orqali yo‘q qilinganini ma’lum qilgandi.
  • Rossiya Rostov-na-Dondan anneksiya qilingan Mariupolgacha yangi avtomagistral qurmoqda, deb yozadi «Radio Svoboda».
  • Bolgariya Rossiya raqamlaridagi avtomobillar uchun chegaralarini yopishini e’lon qildi.
  • Sentyabr oyida RF qo‘shini Ukrainaga urush boshidan buyon rekord miqdordagi dronlar bilan hujumlar uyushtirgan. Ukrainaning Defense Express nashri hisoblariga ko‘ra, sentabrda Rossiya qo‘shini Shahed-136 tipidagi 503 ta zarbdor dron qo‘llagan. 

Xarkiv oblastida o‘t qo‘yilgan dala

Xarkiv oblastining ozod etilgan qismi aholisi piyodalarga qarshi minalar va portlamay qolgan snaryadlarning hech bo‘lmagan bir qismidan xalos bo‘lish uchun dalalarni yondirib yubormoqda. Bunday choraning samaradorligini aniq belgilash juda qiyin. Ayni vaqtda Ukraina dunyoning eng kuchli minalangan hududi bo‘lib qolmoqda.

Grakovo qishlog‘i atrofidagi minalangan dalada o‘t-o‘lanlarning yonishi
Sofiia Bobok / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Grakovo qishlog‘i atrofidagi minalangan dala va o‘rmonzor ustida qora tutun
Sofiia Bobok / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Sofiia Bobok / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Xarkivda reabilitatsiya jarayonidagi ukrain askarlari

Xarkivdagi reabilitatsiya markazi dasturi ikki haftaga mo‘ljallangan. Bu vaqt ichida ukrain harbiylari va tinch aholi vakillari ruhiy ko‘mak olishi hamda aromaterapiya, ippoterapiya, lazer davolash va speleoterapiya (raznovidnost klimatoterapii) kurslarini o‘tashi, shuningdek, sport bilan shug‘ullanishlari mumkin. Kurslarning maqsadi — patsiyentlarga trevoga, depressiya va ruhiy salomatlikdagi boshqa muammolarga qarshi kurashda yordam berish hisoblanadi.

Ukrain harbiylari va tinch aholi vakillari reabilitatsiya markazidagi basseynda shug‘ullanmoqda
Chris McGrath / Getty Images
Ukrainalik harbiylar aromaterapiya vaqtida
Chris McGrath / Getty Images
Fizioterapevt bilan shug‘ullanayotgan ukrainalik harbiy
Chris McGrath / Getty Images
Xarkivdagi reabilitatsiya markazida lazer davolash seansi
Chris McGrath / Getty Images

Kramatorsk vokzali

Ukraina qurolli kuchlari jangchisi bilan xayrlashayotgan ukrainalik ayol. Kramatorsk — front chizig‘i yaqinidagi ishlashda davom etayotgan so‘nggi temiryo‘l stansiyasi bo‘lib turibdi
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid