Jahon | 15:17 / 04.10.2023
11695
4 daqiqa o‘qiladi
Qochqinlar uchun shelter va sharqdagi front chizig‘iga kelgan Zelenskiy. Urush suratlari
Ukrainada urushning 587-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qo‘shini «elastik mudofaa» taktikasini qo‘llay boshlagan, deb xabar bermoqda The New York Times. Avvaliga ular chekinib, Ukraina qurolli kuchlariga ular qoldirgan pozitsiyalarni egallashga imkon berishadi, keyin esa ukrain kuchlari kutmagan mahalda hujum qilishadi.
- Krasnoyarsk o‘lkasida «Vagner» XHKning sobiq yollanma jangchisi Denis Stepanov ikki ayol — 68 yoshli ona va uning 35 yoshli qizini o‘ldirishda gumonlanib qo‘lga olindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u ayollarning Yermakovskoye posyolkasidagi uyiga qasddan o‘t qo‘yib yuborgan.
- «Vajniye istorii» okkupatsiya ostidagi Melitopol shahrida rossiyalik harbiylar qo‘lga olingan tinch aholi vakillarini qiynoqqa soladigan beshta manzil haqida xabar berdi.
- Associated Press ma’lumotiga ko‘ra, Pentagon AQSh kongressiga amerikalik harbiylarda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun pul tugayotgani haqida ogohlantiruvchi maktub yo‘llagan.
Zaporijjyada qochqinlar uchun shelter
Zelenskiy Xarkiv oblastidagi front chizig‘ida
Kiyevdagi mural
Mavzuga oid
17:58 / 11.11.2024
Britaniya va Fransiya Baydenni Ukraina Storm Shadow raketalaridan foydalanishiga ruxsat berishga ko‘ndirmoqchi
09:00 / 11.11.2024
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19 / 11.11.2024
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
21:05 / 10.11.2024