O‘zbekiston | 18:38 / 05.10.2023
6963
2 daqiqa o‘qiladi

«E-auksion shop» elektron savdo do‘koni haqida qaror qabul qilindi 

Do‘konda davlat daromadiga olingan mol-mulklar soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida sotiladi. 

Vazirlar Mahkamasi «Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida «E-auksion shop» elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi to‘g‘risida» qaror qabul qildi. 

Unga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining davlat daromadiga olingan mol-mulklarni (oziq-ovqat mahsulotlari, avtomototransport, ko‘chmas mulk va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa mulkiy huquqlar bundan mustasno) soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida sotish maqsadida «E-auksion» elektron savdo platformasida «E-auksion shop» elektron savdo do‘koni faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 

Qaror bilan davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida «E-auksion shop» elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi. 

Nizomda

- «E-auksion» elektron savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tish, buyurtma yaratish va savdo o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani joylashtirish;

- «E-auksion shop» elektron savdo do‘konida soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida savdolarni tashkil etish va o‘tkazish;

- «E-auksion shop» elektron savdo do‘konida takroriy savdolarni o‘tkazish;

- savdo g‘olibi (salohiyatli g‘olib) bilan hisob-kitob qilish va zakalat pulini qaytarish tartibi belgilangan.

Mavzuga oid