Sport | 16:41 / 05.10.2023
20838
2 daqiqa o‘qiladi

Hangjou-2022. Hasanboy Do‘smatov – Osiyo O‘yinlari g‘olibi

Foto: MOQ

Boks bo‘yicha Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov Osiyo O‘yinlari-2022da ham chempionlikni qo‘lga kiritdi.  

-51 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz finalda tailandlik raqibi Titisan Panmotni mag‘lubiyatga uchratib, turnirning oltin medalini qo‘lga kiritdi. Do‘smatov avvalgi Osiyo O‘yinlari – Jakarta-2018da kumush medaliga ega chiqqandi. Bu oltin O‘zbekiston delegatsiyasining Hangjoudagi 17-oltin medaliga aylandi.

Ma’lumot uchun, Hasanboy Do‘smatov chorakfinalda pokistonlik Zohayb Rashidni musobaqadan chiqarib yuborgan bo‘lsa, yarimfinal jangida yaponiyalik Tomoya Tsuboiga qarshi ringga chiqib, 4:1 hisobida g‘alabaga erishgan holda finalga chiqqandi.

Avvalroq, boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar jamoasi a’zosi Nigina O‘ktamova bronza medalini qo‘lga kiritib, bokschilarimizning turnirdagi dastlabki medaliga ega chiqqan bo‘lsa, Abdumalik Xalokov va Bahodir Jalolov bugun finalda jang qiladi.

O‘zbekistonlik bokschilarning bugungi final janglari:

57 kg: Abdumalik Xalokov - Shudai Xarada (Yaponiya) (17:30 dan so‘ng)

+92 kg: Bahodir Jalolov - Qamshibek Konkaboyev (Qozog‘iston) (18:30 dan so‘ng).

Mavzuga oid