O‘zbekiston | 14:10 / 05.10.2023
19866
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi boshlandi

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun Qozonda qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga rasmiy tashrifning birinchi manzili – Qozon shahriga keldi.

Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston raisi Rustam Minnixonov kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun Qozonda qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Ertaga, 6 oktabr kuni, Moskvada bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvda ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-humanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

Mavzuga oid