Toshkent viloyatida 3 tup chinor daraxti kesib tashlandi
Tabiatga qariyb 150 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Yuqori Chirchiq tumanida chinor daraxtlari kesib tashlangani ma’lum bo‘ldi. Holat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbirida aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, tumandagi «Fayzobod» MFY hududida 3 tup chinor daraxti kesib tashlangan. Natijada tabiatga 148 mln 793 ming 500 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura avvalroq 2023 yilda moratoriyga qaramay, daraxt kesilishi bilan bog‘liq 2427 ta huquqbuzarlik qayd etilgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
17:08 / 21.09.2024
Olimlar ko‘zgu yordamida daraxtlarning o‘sishini tezlashtirishga muvaffaq bo‘ldi
07:20 / 20.09.2024
Daraxtlarni kesish va qasddan quritish uchun jarimalar oshiriladi
13:14 / 12.09.2024
Toshkent viloyatidan yana 14 ta mahalla qisman Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilmoqda
11:45 / 12.09.2024