Jahon | 13:20 / 07.10.2023
8383
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda 6,2 va 5,9 magnitudali ikkita zilzila yuz berdi

Afg‘onistonda bir kunda ikkita kuchli yer silkinishi hodisasi qayd etildi.

Foto: Reuters

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 7 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:41 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila koordinatalari: 35 gradus shimoliy kenglik; 61,87 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=6.1. Chuqurlik 20 km. Zilzila episentri Toshkentdan 947 km janubi-g‘arbda.

Shuningdek, Toshkent vaqti bilan soat 12:40 da Afg‘onistonda yana bir zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila koordinatalari: 35,1 gradus shimoliy kenglik; 61,93 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=5.9. Chuqurlik 25 km. Zilzila episentri Toshkentdan 935 km janubi-g‘arbda.

Mavzuga oid