O‘zbekiston | 16:48 / 07.10.2023
22548
1 daqiqa o‘qiladi

Mirobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Yakkasaroy tumani hokimi Mirobod tumani hokimligiga o‘tkazildi. Mirobodning oldingi hokimi Shuhrat Po‘latov shu yil yozda «Hududiy elektr tarmoqlari»ga rahbar bo‘lgandi.

Foto: Toshkent shahri hokimligi

Anvar Sayfutdinov Mirobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Anvar Nazarovich Sayfutdinov 1981 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005 yilda Toshkent davlat Texnika universitetini, 2009 yilda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 2004 yilda boshlab, Navro’z-FT MChJ, Sanico Trading xususiy korxonasi, Shinkonrakttorg shu’ba korxonasi va Sanico Group MChJda rahbarlik lavozimida ishlagan.

2019 yil sentabr oyida Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida ish boshlagandi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil aprelidan buyon Mirobod tumani hokimi vazifasida ishlagan Shuhrat Po‘latov 2023 yil yozida «Hududiy elektr tarmoqlari» Toshkent shahri filiali bosh direktori etib tayinlangandi.

Mavzuga oid