Mirziyoyev, Putin va To‘qayev Rossiya gazi Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazilishi jarayoniga start berdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya va Qozog‘iston rahbarlari Vladimir Putin hamda Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan birgalikda Rossiya gazini yetkazib berish jarayoniga start berdi.
TASS xabariga ko‘ra, Putin avvalroq Markaziy Osiyoga Rossiyada ishlab chiqarilgan gaz hech qachon yuborilmaganiga e’tibor qaratgan.
Endi Rossiya Federatsiyasi gazi O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali tranzit yo‘l bilan keladi, uning bir qismi esa Qozog‘istonga ham yetkazib beriladi.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bu butun mintaqaning energiya xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro manfaatli loyihadir.
2022 yil noyabr oyida Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan «uchtomonlama gaz ittifoqi»ni tuzish rejalari haqida ma’lum qilgandi.
2023 yil may oyida Qozog‘iston hukumati Rossiyadan O‘zbekistonga gaz tranziti bo‘yicha muzokaralar boshlanganini e’lon qildi.
Iyun oyida O‘zbekiston Rossiya bilan 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib berish bo‘yicha ikki yillik shartnoma tuzdi. Kelishuv kuniga 9 million kub metr gaz importini nazarda tutadi.
Gaz yetkazib berish 1 oktyabrdan boshlanishi e’lon qilingan edi. Biroq, keyinchalik oktyabr oyi oxiriga qoldirildi.
Mavzuga oid
13:30 / 20.09.2024
GFR iqtisodiyot vaziri: Germaniyada endi gaz taqchilligi yo‘q
11:16 / 12.09.2024
Yevroittifoq Rossiya gazidan butunlay voz kechishga tayyor
13:51 / 10.09.2024
Qariyb 700 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi
15:54 / 04.09.2024