Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish sxemasi nega reversiv deb atalishi tushuntirildi
«Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvuri orqali O‘zbekiston va Turkmaniston gazi Yevropaga yetkazilgan. Endi ushbu gaz quvurining bir yo‘nalishi teskari (reversiv) rejimda ishlaydi.
Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro manfaatli loyiha energiya xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan, degan edi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Rossiya Milliy energiya xavfsizligi jamg‘armasi yetakchi tahlilchisi, hukumat huzuridagi Moliya universiteti eksperti Igor Yushkov so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tabiiy gazga bo‘lgan o‘rtacha yillik ehtiyojlarini qondira oladi. Ammo qattiq sovuqlarda emas.
«O‘zbekiston o‘rtacha hisobda yillik ehtiyojlarini qondiradi. Ammo iste’molning eng yuqori ko‘rsatkichlari yuzaga kelganda, havo juda sovuq bo‘lganda va har kuni qozonxonalar, elektr stansiyalari va boshqalarga ko‘p miqdorda gaz yetkazib berilishi kerak bo‘lsa, unda bu yetarli emas. O‘zbekiston eksportni to‘xtatib, faqat ichki bozor uchun ishlasa ham, kunlik tabiiy gaz ishlab chiqarishi yetarli emas», deb tushuntirdi Yushkov.
Rossiya hech qachon Markaziy Osiyoga gaz yetkazib bermagan. Aksincha, sovet davrida qarama-qarshi yo‘nalishda - Turkmaniston va O‘zbekistondan Qozog‘iston orqali gaz olingan. Shu maqsadda «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvuri qurilishi 1960 yillarda boshlangan. Ushbu gaz quvurining bir yo‘nalishi endi teskari rejimda ishlaydi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta’kidlashicha, buning texnik imkoniyatlari mavjud.
«Biz buni amalga oshiramiz, texnik jihatdan bu allaqachon bajarilgan. To‘liq ta’minot oktyabr oyida boshlanadi. Hozircha kichik hajmda, lekin bu Qozog‘iston iqtisodiyoti uchun ham, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ham juda muhim. Yiliga uch milliard kub metr yetkazib beramiz, keyin esa ko‘paytirishimiz mumkin», dedi Putin.
Qayd qilinishicha, Qozog‘istonda gaz taqchilligi yo‘q. Ammo so‘nggi 10 yil ichida iste’mol ikki baravar oshdi. Prognozlarga ko‘ra, 2030 yilga borib Qozog‘iston ichki bozor talab qiladiganidan kamroq gaz qazib oladi. Shu bilan birga, mamlakatning shimoli-sharqidagi ulkan hududlar gazsiz qolmoqda, bu yerga Rossiyadan gazni yetkazish juda osonligi aytilmoqda.
«Bizda mavjud gaz tanqisligi, gaz quvurlarining relyyefidan kelib chiqqan holda, imkon qadar Rossiyadan yetkazib berish hisobiga qoplanadi. Eksport quvurlarimizning, jumladan, Qozog‘iston janubini ta’minlovchi quvurlarning imkoniyatlari va quvvati cheklanganligi bilan bog‘liq muammolar bor», dedi Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satqaliyev.
Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha kelishuv ikki yilga mo‘ljallangan, biroq reversiv sxema bo‘yicha gaz ta’minoti hamkorligi istiqbollari ancha keng ekani ta’kidlanmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi gaz quvurlari tarmog‘i orqali rus zangori yoqilg‘isi Xitoyga yetib borishi mumkin.
Mavzuga oid
21:03 / 19.11.2024
Rossiyada dollar yil boshidan beri birinchi marta 100 rubldan oshdi
18:44 / 19.11.2024
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:48 / 19.11.2024
Rossiyada yadroviy portlashdan himoyalovchi mobil boshpanalarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi
13:31 / 19.11.2024