Saida Mirziyoyeva: "Botanika bog‘ining bir santimetri ham ijarachi yoki quruvchilarga berilmasligi shart"
"Yurtimizda bunday maskan boshqa hech qayerda yo‘q. Men Botanika bog‘ini tijoriy tuzilmalar boshqaruviga topshirishga qat’iyan qarshiman. Uning bir santimetri ham ijarachi yoki quruvchilarga berilmasligi shart", deya ma’lum qildi prezident yordamchisi.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi Botanika bog‘i to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
"Botanika bog‘i - bu ko‘ngilochar joy emas. Bu - butun shahrimiz har kuni nafas olayotgan Toshkentning "o‘pkasi". Bu - biz g‘ururlanadigan tarix", deydi u.
Qayd etilishicha, 70 yildan ortiq vaqt davomida iste’dodli olimlar ushbu bog‘da bebaho daraxtlar va o‘simliklarni yetishtirgan, ularga o‘z mehr-muhabbatini bag‘ishlagan.
"Yurtimizda bunday maskan boshqa hech qayerda yo‘q. Tabiatning ana shu bir parchasini asrab-avaylash, uni himoya qilish va bolalarimizga yetkazish bizning burchimizdir. Men Botanika bog‘ini tijoriy tuzilmalar boshqaruviga topshirishga qat’iyan qarshiman. Uning bir santimetri ham ijarachi yoki quruvchilarga berilmasligi shart", deya ma’lum qildi prezident yordamchisi.
Bildirilishicha, bog‘ni olimlar yaratgan va u olimlar ixtiyorida bo‘lishi, butun o‘zbekistonliklar uchun xizmat qilishi lozim.
"U Fanlar akademiyasi ixtiyorida qoladi", deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Avvalroq project.gov.uz portalida Vazirlar Mahkamasining "Istirohat bog‘lari faoliyati va ularni boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilingandi.
Unga ko‘ra, madaniyat va istirohat bog‘larini viloyatlar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan "Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyalari" tasarrufiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Poytaxt hokimligi bayonotiga ko‘ra, Botanika bog‘i Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilmaydi va hokimlik mazkur qaror tashabbuskori emas.
Hokimlik ushbu ilmiy dargohning mamlakat ekotizimini asrash, o‘simliklar genofondini saqlash va ko‘paytirishdagi ahamiyatini e’tirof etadi va uni istirohat bog‘iga aylantirishga yo‘l qo‘ymaydi, deyiladi rasmiy bayonotda.
Mavzuga oid
23:45 / 08.11.2024
“Agar jurnalist haq bo‘lsa, biz uni tan olishimiz kerak” – prezident
18:37 / 30.10.2024
Saida Mirziyoyeva Fashion Trust Arabia taqdirlash marosimida ishtirok etdi
20:53 / 28.10.2024
Saida Mirziyoyeva BMTning O‘zbekistondagi doimiy rezident-koordinatori bilan uchrashdi
19:31 / 21.10.2024