Jahon | 21:10 / 07.10.2023
9113
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning yirik aviakompaniyalari Isroilga parvozlarni bekor qildi

Swiss Air, Austrian Airlines, Turkish Airlines, LOT, Wizz Air, Air Baltic aviakompaniyalari parvozlar bekor qilingani haqida xabar berdi.

Foto: Kobi Wolf / Bloomberg / Getty Images

HAMAS a’zolarining Isroilga hujumidan so‘ng Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni bekor qilganini e’lon qildi.

«Tel-Avivdagi mavjud xavfsizlik holatini hisobga olgan holda» Lufthansa Frankfurtga bitta reysni saqlab qoladi, biroq Tel-Avivga barcha reyslar 7 oktyabr holatiga bekor qilindi, deyiladi kompaniya xabarida.

Shuningdek, Isroilning Walla nashri Swiss Air, Austrian Airlines, Turkish Airlines, LOT, Wizz Air, Air Baltic aviakompaniyalarining reyslari bekor qilingani haqida xabar berdi.

United Airlines aviakompaniyasining San-Fransiskodan uchgan samolyoti parvoz vaqtida ortiga burilib, Qo‘shma Shtatlarga qaytib ketdi. Wizz Air aviakompaniyasining Debretsen shahridan Isroilga uchgan samolyoti mamlakatdagi vaziyat tufayli Kiprga qo‘ndi.

2023 yil 7 oktyabr kuni HAMAS G‘azo sektoridan Isroilga yirik raketa hujumi uyushtirdi. Isroil shaharlarida yong‘inlar boshlandi. HAMAS harakati a’zolari Isroil harbiy bazasini egallab oldi. Bazada bo‘lgan isroillik askarlar halok bo‘ldi.

Mavzuga oid