Isroilning AQShdagi elchixonasi: HAMAS jangarilari 100 dan ortiq isroillikni garovga olgan
Isroilning AQShdagi elchixonasi HAMAS a’zolari 100 dan ortiq kishini, jumladan tinch aholi vakillari va isroillik harbiylarni o‘g‘irlab ketgani haqida ma’lum qildi.
Elchixonaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qilinishicha, HAMASning 7 oktyabr tongidagi hujumidan keyin 300 dan ortiq isroilliklar halok bo‘lib, kamida 1800 kishi yaralangan
Isroil hukumati elchixonaning 100 kishi garovga olingani to‘g‘risidagi xabariga hozircha munosabat bildirmagan.
HAMASning jangovar qanoti 7 oktyabr kuni Isroil mudofaa armiyasining 35 nafar harbiysi va chegaradagi hududga ko‘chib kelgan isroilliklar garovga olingani to‘g‘risida xabar tarqatgandi. Ular G‘azo bo‘lgasi tomon olib ketilgan. Keyinroq bu ma’lumot Isroil mudofaa armiyasi tomonidan tasdiqlandi, ammo aynan qancha odam asir olinganiga aniqlik kiritilmadi.
Mavzuga oid
21:10 / 17.11.2024
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
20:12 / 17.11.2024
Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024