Jahon | 17:33 / 08.10.2023
22744
2 daqiqa o‘qiladi

Misrda isroillik sayyohlarga hujum qilindi. Uch kishi halok bo‘lgan

Foto: Videodan kadr

Misrning Aleksandriya shahrida isroillik sayyohlar guruhiga qarata o‘t ochildi. Bu haqda dastlab «Al-Arabiya» telekanali Misr xavfsizlik xizmatidagi manbaga tayanib xabar tarqatdi. 

Manba otishma oqibatida bir misrlik halok bo‘lib, yana bir kishi yaralangani haqida xabar tarqatgandi. The Times of Israel mahalliy nashrlarga tayanib, kamida bir nafar isroillik halok bo‘lganini xabar qildi. 

«Al-Jazira» va RT Arabic sayyohlar guruhiga politsiyachi tomonidan o‘t ochilgani haqida xabar qilgan. 

Ko‘p o‘tmay Isroil TIV 8 oktyabr tongida mahalliy aholi vakili Aleksandriyaga kelgan isroillik sayyohlarga qarata o‘t ochganini tasdiqladi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida ikki isroillik, shuningdek, sayyohlarga gid sifatida hamrohlik qilgan bir misrlik halok bo‘lgan. Bundan tashqari, yana bir isroillik o‘rta darajada tan jarohati olgan. TIV xabarida sayyohlarga misrlik politsiyachi o‘t ochgani haqida ma’lumot yo‘q.

Mavzuga oid