Afg‘onistondagi zilzila oqibatida 2400 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Qutqaruv xizmatlari Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari soni ortishi mumkinligidan ogohlantirmoqda, chunki vayronalarning katta qismi hali tozalanmagan.
Afg‘onistondagi kuchli zilzila oqibatida 2400 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 8 oktyabr, yakshanba kuni toliblar hukumatining Kobuldagi vakili bayonotiga tayanib, dpa va Reuters agentligi xabar berdi. Qutqaruvchilarning taxminicha, odamlar vayronalar ostida qolayotgani sababli qurbonlar soni ortishi mumkin.
7 oktyabr kuni ertalab Afg‘onistonda 6,2 magnitudali zilzila qayd etildi, uning episentri 272 ming kishi istiqomat qiluvchi Hirot shahridan 42 km shimoli-g‘arbda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Birinchi zilziladan keyin 4,3 dan 6,3 ballgacha bo‘lgan yana bir necha silkinishlar sodir bo‘ldi.
Afg‘onistondagi humanitar inqiroz
AFP ta’kidlashicha, «Tolibon» harakati hokimiyat tepasida turgan Afg‘oniston humanitar inqiroz ichida qolgan, ko‘plab xalqaro tashkilotlar toliblar tomonidan ilgari surilgan talablar tufayli mamlakatdagi ishtirokini kamaytirishga majbur bo‘lgan. O‘tgan yil iyun oyida Afg‘onistonda 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lib, mingdan ortiq odam halok bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
21:44 / 09.11.2024