Isroil armiyasi mamlakat hududi ustidan nazoratni qaytarganini e’lon qildi
HAMAS a’zolari tomonidan egallangan hududlar yana TsAXAL nazoratiga qaytdi.
Isroil mudofaa kuchlari (TsAXAL) matbuot kotibi, kontr-admiral Daniel Hagari so‘zlariga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari G‘azo sektori chegarasidagi barcha aholi punktlari ustidan nazoratni tikladi.
Biroq, Isroil askarlari va HAMAS a’zolari o‘rtasida hamon vaqti-vaqti bilan to‘qnashuvlar bo‘lib turibdi, dedi u. Shu bilan birga, u hududda hamon «terrorchilar» borligini istisno qilmadi.
Hagari so‘zlariga ko‘ra, G‘azo chegarasi to‘sig‘i tanklar, hujum vertolyotlari va uchuvchisiz havo vositalari bilan himoya qilinadi. Armiya chegaradagi 24 ta shahardan 15 tasini evakuatsiya qildi, qolganlarini esa yaqin kunlar ichida evakuatsiya qiladi.
HAMAS a’zolari 7 oktyabr kuni ertalab Isroilga hujum qildi. Ular G‘azo sektoridan uch mingga yaqin raketa otgan va chegara hududlariga bostirib kirib, Isroil harbiylari bilan jang qilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektoriga keng miqyosda zarbalar berdi. 8 oktyabr kuni Isroil rasmiylari mamlakat urush holatida ekanini e’lon qildi.
Shu kunga qadar G‘azo sektorida 500 nafarga yaqin odam, Isroil tomonida 700 nafardan ortiq odam halok bo‘lgani haqida ma’lumot berildi.
Mavzuga oid
21:10 / 17.11.2024
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
20:12 / 17.11.2024
Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024