O‘zbekiston TIV Falastin - Isroil mojarosi bo‘yicha bayonot berdi
O‘zbekiston kurashayotgan tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatlarda tugatish va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qilish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqirdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Falastin-Isroil mojarosi hududida tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga olib kelgan va butun Yaqin Sharqdagi vaziyatni sezilarli darajada murakkablashtirgan holat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildirdi.
“Biz kurashayotgan tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatlarda tugatish va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qilish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqiramiz.
So‘nggi voqealar munosabati bilan halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz va barcha jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deyiladi bayonotda.
7 oktyabr kuni ertalab HAMAS harakati Isroil tomon minglab raketalar uchirdi. Isroilda favqulodda holat e’lon qilingan, mamlakat bosh vaziri bo‘layotgan voqealarni urush deb atadi. Isroil aviatsiyasi G‘azo sektoriga zarba bera boshladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda qurbonlar soni 700 kishidan oshdi, 2400 dan ortiq kishi yaralangan. G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 413 kishini tashkil etmoqda, 2300 kishi jarohat olgan.
Mavzuga oid
21:10 / 17.11.2024
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
20:12 / 17.11.2024
Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024