O‘zbekiston | 22:59 / 10.10.2023
17839
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda «nojo‘ya xatti-harakat» qilgan sudya vakolati tugatildi 

Shuningdek, u odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani aytilmoqda. 

Foto: Getty Images

Odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani hamda sudning obro‘sini tushiradigan nojo‘ya xatti-harakat sodir etgani uchun Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisining o‘rinbosari B.Vaxobov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, Vaxobovning sudyalik vakolatlari ham muddatidan ilgari tugatilgan. 

Holat yuzasidan boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Mavzuga oid