Abdulla Aripov Chexiyaga tashrif buyurdi
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Chexiyada bo‘lib turibdi.
10 oktyabr kuni Chexiya hukumati uyida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Chexiya bosh vaziri Petr Fiala boshchiligida ikki mamlakat hukumat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar holati va istiqboldagi vazifalar ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, joriy yilning yanvar-avgust oylarida o‘zaro savdo hajmi qariyb 2,5 barobar o‘sdi. Bunga O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi preferensiyalar bosh tizimiga (GSP+) qo‘shilgani ham yordam berdi.
Biroq, bu ko‘rsatkich mavjud salohiyatga mos emasligi, o‘zaro savdodagi disbalansni to‘g‘rilash bo‘yicha faol ishlash zarurligi qayd etildi.
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining yuqori standartlari va texnik reglamentlariga mos keladigan tayyor mahsulotlarni eksport qilishdan manfaatdor.
Shu nuqtai nazardan, mamlakatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining Yevropa bozorlariga chiqishida yagona Se (Certification Europe) belgisi bilan sertifikatlash maqsadida sinovdan o‘tkazish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.
Uchrashuvda investitsiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, transport, bandlik, ta’lim, tibbiyot, turizm kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va uni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
23:54 / 19.11.2024
Chexiya yuzlab maktablardagi portlash tahdidlarida rossiyalik josuslarni aybladi
18:33 / 04.11.2024
Abdulla Aripov Shanxayda Xitoy bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
15:30 / 24.10.2024
Chexiya bosh vaziri: Ukraina uchun snaryadlar sotib olish rejaga muvofiq ketyapti
16:00 / 18.10.2024